Misrda binolarni yer yutdi (video)
Olam
−
03 fevral 23928 1 daqiqa
Misrda yerning cho‘kishi oqibatida chuqurligi 15 metr bo‘lgan ulkan o‘ra hosil bo‘lib, ikki do‘kon butunlay yer ostiga qulab tushdi. Bu haqda “Al Arabiya” xabar berdi.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar bor. Do‘konlar qanday qilib yerga cho‘kayotgani yaqin atrofdagi kameralarga muhrlangan va internetda tarqalib ketgan.
Mazkur voqea 31 yanvar kuni Yangi Qohira shahrida joylashgan avtoyoqilg‘i quyish shoxobchasi hududida sodir bo‘lgan. Nashrning xabar berishicha, kunduzgi paytda ushbu hududda yer birdaniga cho‘kib ketgan va oqibatda 15 metr chuqurlikdagi o‘ra hosil bo‘lgan. Shu paytda ikki do‘kon ushbu o‘raga qulab tushgan.
Ma’lum qilinishicha, hodisa vaqtida do‘konlar ichida bo‘lgan ikki kishi jarohat olgan. Ular zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan. Do‘kon binolari to‘liq vayron bo‘lgan. Mahalliy hokimiyat ushbu hodisa yuzasidan tekshiruv ishlarini boshlagan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yerning cho‘kib ketishiga yaqin atrofda joylashgan qurilish maydonchasida olib borilgan yer qazish ishlari sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu ishlar mavjud binolar ostidagi gruntning barqarorligini buzgan va ortidan tuproq cho‘kishi yuzaga kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tailand poytaxti Bangkok shahrida yer o‘pirilishi oqibatida yo‘l cho‘kib, katta chuqur paydo bo‘lgandi.
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral