Issiqlik korxonasi hisoblagan 4 mlrd so‘m asossiz qarzdorlik bekor qilindi
Jamiyat
−
30 avgust
2607Farg‘ona viloyati “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish davlat boshqarmasi tomonidan ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun hisoblangan 4 mlrd 173 mln so‘mdan ortiq asossiz qarzdorlik bekor qilindi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘rganishlarda isitish mavsumi davomida ko‘p qavatli uylarga issiqlik ta’minotini yetkazib beruvchi markaziy tarmoqlarning isitish qozonxonalarida avariya holatlari (ta’minot uzilishi) sodir bo‘lgan vaqtlarda hamda tabiiy gaz bosimi pastligi va boshqa asosli sabablarga ko‘ra, aholi xonadonlariga yetarli darajada issiqlik ta’minoti yetkazib berilmaganligi, shuningdek, ta’minotchi korxona bilan tuzilgan shartnomalarning tegishli bandlariga asosan qayta hisob-kitoblar amalga oshirilganda 6146 nafar iste’molchining xonadonlariga 4 mlrd 173 mln so‘mdan ortiq noreal debitor qarzdorliklar hisoblanganligi aniqlangan.
Yuqoridagilarga ko‘ra, ishni ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha Raqobat qo‘mitasining hududiy boshqarmasi tomonidan mazkur holat yuzasidan viloyat “Icsiqlik manbai” ishlab chiqarish davlat boshqarmasiga iste’molchilarga hisoblangan 4 mlrd 173 mln so‘mdan ortiq asossiz qarzdorlikni bekor qilish yuzasidan ko‘rsatma berildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida ta’minotchi korxona tomonidan ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun hisoblangan qarzdorliklar bekor qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Raqobat qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekneftgaz” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan edi.
LiveBarchasi