Issiqko‘lga yana kuchli sel keldi (video)
Olam
−
19 avgust
4796Kecha, 18 avgust kuni Qirg‘izistonda kuchli sel oqimi sodir bo‘ldi. Bu haqda respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Issiqko‘l viloyatining janubiy va shimoliy hududlarida soat taxminan 15:30 da kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida Chon-Kizil-Suu daryosi qirg‘oqlaridan chiqib, ko‘chalarni suv bosgan. Saruu qishlog‘ida sel oqimi katta yo‘lni qoplagan va avtomobillar yo‘lini to‘sib qo‘ygan.
Oq-Say qishlog‘ida sel suvlari 30 ta turarjoy hovlisiga kirib kelgan. 7 nafar fuqaro va 1 nafar olti yashar bola evakuatsiya qilingan.
“Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligining 80 dan ortiq qutqaruvchisi, uchta motor nasosi, uchta ekskavator, to‘rtta yuk ko‘taruvchi va bitta buldozer jo‘natildi. Issiqko‘l viloyatida sel oqibatlarini bartaraf etishda jami 300 dan ortiq kishi ishtirok etmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 12 avgust kuni ham Issiqko‘l viloyatida sel toshqini sodir bo‘lishi oqibatida uy va mashinalar suv ostida qolgandi.
LiveBarchasi