Issiqko‘lda sodir bo‘lgan sel oqibatida uy va mashinalar suv ostida qoldi
Olam
−
13 avgust
4801Kecha, 12 avgust kuni Qirg‘izistondagi Issiqko‘l viloyatida sodir bo‘lgan sel oqibatida uy va mashinalar suv ostida qoldi. Bu haqda “KaktusMedia” nashri xabar berdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, sodir bo‘lgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida tog‘lardan kuchli sel oqimi kuzatilgan, xususan, Tog‘uz-Buloq-Cho‘lponota uchastkasida yo‘llar, ko‘chalar va uylar suv ostida qolgan. Shuningdek, Bosteri va Baqtuu-Dolonotu qishloqlaridagi bir qancha ko‘chalarni sel suvlari bosib ketgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sel oqimi 16 ta uyning hovlisini bosib qolgan va ko‘prikni buzgan. Qutqaruvchilar Baktuu-Dolonotu qishlog‘idan bir oilani evakuatsiya qilgan.
Ushbu talafotni bartaraf etish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligidan 60 nafar qutqaruvchi, Mudofaa vazirligidan 20 nafar harbiy xizmatchi, Issiqko‘l viloyati fuqaro muhofazasi xizmatidan 30 nafar xodim hamda maxsus texnika jalb qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonning O‘sh viloyati va O‘sh shahrida kuchli sel oqibatida yo‘llar hamda markaziy bozor ichi suv bilan to‘lgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi