Isroilning Livanga hujumi qurbonlari soni 500 ga yaqinlashdi

Olam

image

Isroilning kecha, 23 sentyabr kuni uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 492 nafarga, yaralanganlar soni esa 1645 nafarga yetdi. Bu haqda Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi Favqulodda operatsiyalar markazi tomonidan berilgan bayonotda so‘z boradi. 

Bildirilishicha, Isroil hujumlarida 492 kishi, jumladan 35 bola va 58 ayol halok bo‘lgan, 1645 kishi jarohatlangan.

Ertalabdan beri Isroil armiyasi Livanning janubiy shaharlari, shuningdek, Bekaa va Baalbek hududlariga yuzlab havo hujumlarini amalga oshirdi.

Mamlakatning janubiy viloyatlaridan poytaxt Bayrut va shimoliy hududlarga ko‘chish to‘lqini davom etmoqda.

Livan Ta’lim vazirligi butun mamlakat bo‘ylab maktablarning to‘xtatilishini e’lon qildi, Ichki ishlar vazirligi janubdagi maktablar Isroil hujumlari tufayli ko‘chirilganlarni joylashtirish uchun ochiqligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, Livanning muvaqqat bosh vaziri Najib Mikati kecha, 23 sentyabr kuni o‘tkazilgan Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida Isroilning Livanga bo‘lgan tajovuzkorligini genotsid deb atagandi. Shuningdek, u BMT va nufuzli davlatlarni adolat tarafida turishga hamda Livanga tajovuzni to‘xtatishga chaqirdi. Isroil Mudofaa vazirligi esa mamlakat harbiy-havo kuchlari Livandagi “Hizbulloh” harakati nishonlariga keng ko‘lamli zarbalar berayotganini ma’lum qilgan


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Livan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing