Isroilning G‘azoga qilgan hujumida HAMASning yana bir qo‘mondoni halok bo‘ldi (video)
Olam
−
13 iyul
6833Isroilning aviatsiya qo‘shinlari Xon Yunusdagi Al-Mavosi hududiga qilgan hujumlari oqibatida HAMAS bo‘linmalaridan birining qo‘mondoni Rafa Salama halok bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, jami 71 kishi halok bo‘lgan, 280 dan ortiq kishi jarohatlangan. G‘azo janubidagi Xon Yunus shahri yaqinidagi hujumdan maqsad HAMASning harbiy qanoti rahbari Muhammad Deyfni nishonga olish bo‘lgani aytilmoqda. Uning omon qolgani hali noma’lum.
“Deyf o‘ldirilganmi yoki yo‘qmi noma’lum. Biz hali ham zarba oqibatlarini tekshiryapmiz va u bo‘yicha ma’lumotlarni tasdiqlaymiz”, degan harbiy amaldordan biri.
Ma’lumot uchun, Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush 2023 yil 7 oktyabrdan beri davom etmoqda. G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning zarbalari oqibatida 38 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan. O‘tgan haftada Isroil Mudofaa vazirligi G‘azo sektori va Misr chegarasidan qo‘shinlarni olib chiqishga ruxsat berdi. “The Washington Post” nashrining yozishicha, mojaro tomonlari sulhning birinchi bosqichidagi asosiy masalalar bo‘yicha kelisha olgan. Tomonlar uni amalga oshirish tafsilotlarini muhokama qilmoqda. Biroq boshqa amerikalik rasmiylarning nashrga tushuntirishicha, bu kelishuv imzolanadi, degani emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalropq HAMAS qo‘mondoni Muhammad Jobir Abdo va uch nafar askar Ramalloh yaqinidagi qishloqda Isroil kuchlari bilan to‘qnashuv chog‘ida halok bo‘lgani xabar qilingandi. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu esa mamlakat armiyasi HAMASning G‘azo sektoridagi harbiy tuzilmasini yo‘q qilish ishlarini yakunlash arafasida ekanini aytgandi.
LiveBarchasi