Isroilning G‘azoga hujumida yana 23 falastinlik halok bo‘ldi

Olam

image

Isroil armiyasining blokadadagi G‘azo sektorining turli hududlariga uyushtirgan hujumlari oqibatida 23 nafar falastinlik halok bo‘ldi. Bu haqda Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

To‘qnashuvlar Isroil armiyasi va Falastin qarshilik guruhlari o‘rtasida G‘azoning Shujayya, Zaytun va Tel al-Havva hududlarida davom etmoqda. G‘azo sektori shimolidagi G‘azo shahrida joylashgan Al-Ahli shifoxonasi ma’muriyatidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil armiyasining G‘azoning Shayx Ridvan hududidagi uyga uyushtirgan hujumi oqibatida sakkiz nafar falastinlik, shahar janubidagi Basra hududida esa yana olti kishi halok bo‘lgan.

Shuningdek, G‘azo shahrining g‘arbiy qismidagi Mina hududidagi uylardan biriga uyushtirilgan hujumda 3 nafar falastinlik halok bo‘ldi, Tuffa va Zaytun hududlarida esa ko‘plab tinch aholi vakillari yaralandi. Sektor markazidagi Zevaideh hududidagi uyga uyushtirilgan hujum oqibatida olti falastinlik qurbon bo‘ldi va ko‘plab tinch aholi jarohatlandi.

Bundan tashqari, Nuseyrat qochqinlar lageriga uyushtirilgan hujumda kamida to‘rt falastinlik shikastlangan. Shu bilan birga, G‘azoning janubiy qismi – Xon Yunus shahridagi ba’zi binolarga, xususan, pochta bo‘limiga hujum uyushtirilgan. U yerda esa yaralanganlar soni uch nafarni tashkil qildi.

Ma’lumot uchun, 2023 yil 7 oktyabrdan beri 37 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil G‘azo sektoridagi BMT maktabiga zarba bergani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo sektori falastinlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing