Isroilning G‘azodagi maktabga zarbasi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Icroil G‘azoning janubidagi Az-Zeytun tumanidagi maktab binosiga zarba berishi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Al Jazeera” telekanali xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hujum paytida yana o‘nlab falastinliklar turli darajada tan jarohati olgan. Hujumga uchragan bino ichida boshqa hududlardagi bombardimonlardan qochgan qochqinlar bo‘lgan.

HAMAS harakati o‘zining Telegram-kanalida e’lon qilgan bayonotda sodir bo‘lgan hodisani “Falastin xalqini yo‘q qilishga qaratilgan urushning yangi epizodi”, deb atagan. Shuningdek, harakat xalqaro hamjamiyatni G‘azoda davom etayotgan genotsidni to‘xtatish uchun tezkor choralar ko‘rishga yana bir bor chaqirgan.

Ma’lumot uchun, Isroilning G‘azodagi genotsidi 2023 yilning 7 oktyabridan beri kamida 44 249 falastinlikning hayotiga zomin bo‘ldi va 104 746 kishini jarohatladi. Shu kundan beri HAMAS hujumlari oqibatida Isroilda kamida 1 139 kishi halok bo‘lgan va 200 dan ortiq odam asirga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroilning markaziy G‘azoda joylashgan maktabga havo hujumi kamida 28 kishini o‘ldirib, yana o‘nlab odamlarni yaralagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing