Qaysi arab davlatlari Isroil tomonida ekani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

11 noyabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan Arab davlatlari ligasi hamda Islom hamkorlik tashkilotining qo‘shma majlisida Isroilni tiyishga qaratilgan takliflarga Saudiya Arabistoni, Misr, BAA, Iordaniya, Bahrayn, Sudan va Jibuti qarshi chiqqan. Bu haqda "The Times of Israel" gazetasi xabar berdi.

Isroil targ‘ibot kanalining arab masalalari bo‘yicha tahlilchisi Ehud Yaarga ko‘ra, Arab Ligasi va Islom Hamkorlik Tashkilotining Ar-Riyoddagi yig‘ilishida qatnashgan aksariyat davlatlar Isroilni tiyib qo‘yishga qaratilgan bir qator jazo choralari qatorida, sionistlar bilan barcha aloqalarni uzishni ham talab qilgan.

Jumladan, Isroilni G‘azoda ommaviy qirg‘inni to‘xtatishga majburlash uchun iqtisodiy-moliyaviy choralar – neft embargosi, AQSHning Yaqin Sharq mintaqasidagi harbiy bazalaridan Isroilga harbiy texnika yetkazilishiga to‘sqinlik qilish, arab davlatlari havo makonidan foydalanishini man etish, o‘t ochishni to‘xtatish uchun AQSH, Yevropa hamda Rossiyaga qo‘shma delegatsiyalar yuborish kabi choralar taklif etilgan.  

Mazkur choralarni qo‘llashga Saudiya Arabistoni, Misr, BAA, Iordaniya, Bahrayn, Sudan va Jibuti davlatlari yetakchilari qarshi chiqqan.

Eron Prezidenti Ibrohim Raisiyning Isroilni terrorchi tashkilot deb e’lon qilish taklifi ham qabul qilinmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil arab davlatlari rahbarlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made