Isroillik qo‘shiqchi Eurovision’da noroziliklarga uchradi

Olam

image

“Eurovision Song Contest 2026”ning Vena shahrida bo‘lib o‘tgan birinchi yarim finalida Isroil ishtirokchisining chiqishi norozilik namoyishi bilan o‘tdi. Bu haqda “The Telegraph” nashri xabar berdi.

Yarim finalni kuzatib o‘tirgan zaldagi tomoshabinlar “Falastinaga ozodlik”, “Genotsidni to‘xtating”, “Bombardimonni musiqa bilan yashirib bo‘lmaydi”, deya qichqirgan. Keyinroq foydalanuvchilar tanlovning YouTube’dagi rasmiy translatsiya yozuvida bu qichqiriqlar deyarli eshitilmayotganini payqagan. Shundan so‘ng kuzatuvchilar tashkilotchilarni senzurada ayblagan. Bu ayblovlar, ayniqsa, yubiley – 70-Yevrovideniye “erkinlik, tenglik va birodarlik maydoni” bo‘lishi kerakligi haqidagi bayonotlar fonida yanada kuchaygan.

“Bu oqshom Venadagi Eurovision’ning birinchi yarim finalida o‘n ming kishilik Wiener Stadthalle zali har bir artistni iliq qarshi oldi. Tomoshabinlardan biri Isroil vakili sahnaga chiqqan paytda shaxsiy qarashlarini baland ovozda ayta boshladi va chiqish davomida ham buni davom ettirdi. Bu jonli efirga ham tushdi”, deyilgan European Broadcasting Union va avstriyalik teleradiokompaniya ORF qo‘shma bayonotda chiqish qilib.

Shuningdek, yana uch nafar tomoshabin “nomunosib xulq” sabab zaldan chiqarib yuborilgan.

Ma’lumot uchun, yarim finalga bir kun qolganda beshta davlat Eurovision’da qatnashish va uni efirga uzatishdan bosh tortgan. Ayniqsa RTÉ, RTVE va RTV Slovenija telekanallari keskin pozitsiya bildirgan. Bunga tashkilotchilarning Isroil masalasidagi pozitsiyasi sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Irlandiya, Ispaniya va Sloveniya milliy teleradiokompaniyalari bu yil “Eurovision” qo‘shiqlar tanlovini efirga uzatmasligi haqida xabar berilgan edi.

Oybek Rustamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Isroil noroziliklar Eurovision

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing