Isroillik futbolchi o‘q otishga o‘xshash ishora qilgani uchun maydondan chetlatildi
Sport
−
17:31 1449 1 daqiqa
Isroil terma jamoasi hujumchisi Said Abu-Farxi Millatlar ligasida Avstriyaga qarshi uchrashuvda golni nishonlash vaqtidagi ishorasi sababli ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi.
B ligasi doirasidagi uchrashuv Lins shahrida bo‘lib o‘tdi. Abu-Farxi 55-daqiqada gol urib, hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirdi.
Goldan so‘ng hujumchi burchak bayrog‘i tomon yugurib borib, uni tortib oldi va o‘ng tizzasiga cho‘kdi. Shundan keyin u chap qo‘lining orqa qismiga ishora qilib, go‘yo miltiqdan o‘q uzish harakatini namoyish qildi.
Bosh hakam Georgi Kabakov unga birinchi sariq kartochkadan to‘rt daqiqa o‘tib, ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatdi. Natijada “Kolorado Repids” hujumchisi maydonni tark etdi. Uchrashuv yakunida Avstriya yana ikki marta gol urib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Isroil terma jamoasi bosh murabbiyi Ran Ben-Shimon esa bolgariyalik hakamning qaroridan hayratda qolganini bildirdi.
“U har safar gol urganida shunday nishonlaydi. U hech qachon buning uchun sariq kartochka olmagan. U gollarini aynan shu tarzda nishonlaydi”, deydi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 24 sentyabr kuni Xavi qo‘l ostidagi Niderlandiya terma jamoasi Amsterdamda 2026-2027 yilgi Millatlar ligasining birinchi turida Yurgen Kloppning Germaniya terma jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Live
Barchasi