Xavi va Klopp terma jamoadagi debyut o‘yinda durang o‘ynadi
Sport
−
10:10 295 1 daqiqa
Kecha, 24 sentyabr kuni Niderlandiya terma jamoasi Amsterdamda 2026-2027 yilgi Millatlar ligasining birinchi turida Germaniya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Uchrashuvda Germaniya vakili Feliks Nmecha 32-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, mezbonlar safida Kodi Gakpo qo‘shimcha vaqtning ikkinchi daqiqasida javob golini urdi.
Shu tariqa, ikki terma jamoa ham yangi bosh murabbiylari qo‘l ostidagi dastlabki uchrashuvini o‘tkazdi. Xavi joriy yilning 12 avgust kuni Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Yurgen Klopp esa 24 iyul kuni Germaniya terma jamoasi boshqaruvini qabul qilib oldi.
Jamoalar Millatlar ligasi A ligasining 2-guruhida Serbiya va Gretsiya terma jamoalari bilan birga bahs olib boradi.
Kunning boshqa uchrashuvlarida Norvegiya Daniyani 3:2, Portugaliya Uelsni 1:0, Avstriya Isroilni 3:1, Kosovo Irlandiyani 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Litva Lixtenshteyndan 2:0, Malta esa Andorradan 2:1 hisobida ustun keldi.
Keyingi turda joriy yilning 27 sentyabr kuni Germaniya o‘z maydonida Gretsiyani qabul qiladi. Niderlandiya esa shu kuni safarda Serbiyaga qarshi maydonga tushadi.
Live
Barchasi