Isroilga yangi Prezident saylandi 

Olam

image

Yahudiylar agentligi (“Sohnut”) rahbari Isxak Gersog Isroil parlamenti — Knessetda yashirin ovoz berish orqali Isroil Prezidenti etib saylandi. Bu haqda “Kan” radiosi orqali xabar berilgan.  

Birinchi bosqichda u 120 deputatdan 87 ta ovoz olgan. Gersogning raqibi Miryam Perets esa 26 ta ovoz to‘plagan. 

“Men Isxak Gersogni davlat Prezidenti etib saylangani bilan tabriklayman va unga Isroilning barcha fuqarolari nomidan katta muvaffaqiyatlar tilayman”, deb yozgan Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Twitter’dagi sahifasida. 

Ma’lumot o‘rnida, bungacha Reuven Rivlin yetti yil davomida Isroil Prezidenti lavozimini egallab kelgan. 

Avvalroq, Binyamin Netanyaxu mamlakat tashqi razvedkasi — “Mossad”ning yangi direktori Davidu Barneaga muhim topshiriq bergani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Isroil

Baholaganlar

36

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing