Isroilga Suriyadan raketa hujumi uyushtirildi

Olam

image

Isroil mudofaa kuchlari Suriyadan mamlakatga bir necha marta raketa hujumi uyushtirilganini da’vo qildi. Bu haqda mamlakat mudofaa kuchlarining Telegram-kanalida ma’lum qilindi.

Harbiylarga ko‘ra, Isroil tomonidan javob choralari ko‘rilgan. Vaziyatga oid boshqa tafsilotlar esa ochiqlanmagan.

“Mudofaa kuchlari askarlari Suriyaga artilleriya va minomyotlar bilan javob qaytarmoqda”, deyilgan bu haqdagi xabarda. 

Suriya tomoni esa vaziyatga izoh bermayapti.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 oktyabr kuni ertalab G‘azo sektoridan Isroil hududiga raketa hujumi boshlangan. Keyinchalik HAMAS harakati Isroilga qarshi “Al-Aqso to‘foni” harbiy operatsiyasi boshlaganini e’lon qildi. Isroil Mudofaa kuchlari esa bunga javoban “Temir qilichlar” “aksilterror operatsiyasi”ni boshladi. Bu orada Amerika Qo‘shma Shtatlari G‘azo sektori atrofidagi keskinlik fonida “Eronni jilovlash uchun” Yaqin Sharqqa qo‘shimcha 20-25 ta F-35 va F-15 qiruvchi samolyotlarini yuborishi ma’lum bo‘ldi. Germaniya esa Falastin hududlaridagi gumanitar loyihalar uchun avval tasdiqlangan mablag‘larni ajratishni to‘xtatdi.

Oldinroq AQSH Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Charlz Braun Eronni Isroildagi mojaroga aralashishi oqibatlaridan ogohlantirgandi. NBC telekanali esa Amerika ma’muriyati Ukraina uchun qo‘shimcha moliyalashtirish va Isroilga yordam so‘rovlarini birlashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini xabar qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing