“Isroilga neft sotishni bas qiling!” Qozog‘istonliklar To‘qayevga murojaat qildi

Olam

image

Qozog‘istonliklar Qosim-Jomart To‘qayevga murojaat qilib, Isroilga neft sotishni to‘xtatishni so‘radi. Bu haqda "EurAsia Daily" nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, ikki kun ichida ushbu petitsiyaga 10 mingdan ortiq fuqaro imzo chekkan. Murojaat matnida quyidagilar qayd etilgan:

"...neft kabi strategik ahamiyatga ega resurslarni mojarolar davom etayotgan mintaqaga eksport qilish tomonlardan birini qo‘llab-quvvatlash bilan barobar. Qozog‘iston esa hamisha xalqaro maydonda tinchlik va barqarorlik tarafdori bo‘lib kelgan. Ko‘pchilikning chaqiriqlariga qaramay, Isroil G‘azodagi harbiy amaliyotlarini davom ettirmoqda. Bundan tashqari, Isroil BMT Bosh assambleyasining zudlik bilan sulh tuzishga chaqiruvchi rezolyutsiyasini rad etdi".

Nashrga ko‘ra, Isroilga yetkazib beriladigan neftning taxminan 10 foizi Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri kelib, mahsulot Ozarbayjonning Baku-Jeyxan neft quvuri orqali yuboriladi va u yerda qayta ishlanib, samolyotlar uchun aviakerosin, tanklar uchun dizel yoqilg‘isi sifatida foydalaniladi.

S&P Global Commodity Insights ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda Isroil neftni asosan Turkiya, Rossiya va Gabondan olgan. Xom neft importi kuniga qariyb 300 ming barrelni, neft mahsulotlari 50 ming barrelni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda ham falastinliklarni qo‘llab-quvvatlab, miting qilishga urinish bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston neft' Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing