Isroildagi o‘zbekistonliklar shoshilinch ogohlantirildi

Jamiyat

image

Isroil davlatida istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolariga hozirgi vaqtdagi intensiv raketa otishmalari munosabati bilan yana bir bor tezkor ehtiyot choralarini ko‘rish qat’iy tavsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi bayonot chiqardi.

O‘zbekiston elchixonasi fuqarolardan quyidagilarni so‘ragan:

  1. Raketa hujumlari paytida tezlik bilan bomba boshpanalariga kiring.
  2. Isroil hukumati va O‘zbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini kuzatib boring. Isroil frontorti qo‘mondonligi bildirishnomalari va ogohlantirishlariga amal qiling.
  3. Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar va O‘zbekiston elchixonasining aloqa ma’lumotlarini doimo o‘zingiz bilan olib yuring.

Shoshilinch yordam yoki maslahat kerak bo‘lsa, O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasiga quyidagi telefonlar orqali murojaat qilish mumkin:

• Favqulodda yordam telefonlari :

  03-672-2466
  03-672-2371
  03-758-5075
  03-758-5076

• Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun:

  054 485 1397

• Elektron pochta: [email protected]

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Eron Isroilni yirik raketa hujumiga uchratgani, SAXAL isroilliklarni Eron raketalarini uchirayotgani haqida ogohlantirgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Eron Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made