Isroildagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Jamiyat

image

Isroilda yashovchi o‘zbekistonliklar mamlakatdagi vaziyat murakkabligi sababli xavfsizlik choralariga alohida e’tibor berishga chaqirildi. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ogohlantirish bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, elchixona Isroildagi hozirgi holatni inobatga olgan holda barcha fuqarolarni shaxsiy xavfsizlik choralariga jiddiy e’tibor qaratishga chaqirgan.

Shuningdek, elchixona mintaqada xavfsizlik holati tez o‘zgarishi mumkinligi sabab Isroil rasmiy idoralari, mahalliy hokimiyat organlarining xabar va ko‘rsatmalariga amal qilishni, ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan joylarga borishdan, odamlar gavjum hududlarda uzoq vaqt qolishdan saqlanishni so‘ragan. 

Bundan tashqari, sayohat va harakatlanishni rejalashtirishda ehtiyotkorlikka rioya qilishni, ayrim hududlarga safarni vaqtincha kechiktirishni tavsiya qilgan.

Eng muhimi, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni doimo olib yurish hamda yaqinlar bilan doimiy aloqada bo‘lish so‘ralgan.


Maqola muallifi

Teglar

o'zbekistonliklar ogohlantirildi Isroildagi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing