Isroildagi O‘zbekiston fuqarolaridan elchixonaga bormaslik so‘raldi
Jamiyat
−
28 Oktabr 2023 14206 1 daqiqa
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi fuqarolardan vaqtinchalik vakolatxonaga bormaslikni so‘radi. Bu haqda elchixona bayonot berdi.
“Hozirgi paytda mamlakatda murakkab vaziyat vujudga kelayotganligini e’tiborga olib, shaxsiy xavfsizlik choralarini ko‘rishni va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikni tavsiya etamiz”, deyiladi rasmiy xabarda.
Shuningdek, Elchixona Isroildagi O‘zbekiston fuqarolaridan zaruriyatsiz ko‘chaga va boshqa ko‘ngilochar muassasalarga bormaslikni so‘ragan.
“Elchixonaga (konsullik xizmatlarini olish uchun) kelishni vaqtincha to‘xtatib turishni so‘raymiz. Iltimos, o‘z hayotingizni ehtiyot qiling!” deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi konsullik ro‘yxatidan o‘tmagan fuqarolarning ro‘yxatdan o‘tishini so‘ragandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr