Isroilda yana terakt sodir bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 6 oktyabr kuni Isroilning Beer-Sheva shahridagi avtobus bekati yaqinida terakt sodir bo‘ldi. Bu haqda “The Times of Israil” xabar berdi.

Qayd etilishicha, terrorchi shaharning markaziy vokzalida joylashgan McDonald’s restoraniga bostirib kirib, odamlarga qarata quroldan o‘t ochgan. Oqibatda 10 kishi yaralangan, 19 yoshli serjant ayol vafot etgan.

“Biz o‘q ovozlarini eshitdik, keyin esa terrorchi quroli bilan o‘q otayotganini ko‘rdik. U barcha derazalarni sindirdi. Biz eshikni yopib qo‘ydik va ichkariga yashirindik, shuning uchun u kira olmadi va 15 daqiqadan so‘ng qaytib chiqdik”, deydi McDonald’s  filiali menejeri Tarin Yakobov.

Politsiya ham otishmani terakt sifatida baholagan, ammo qurolli shaxsning shaxsi haqida ma’lumot bermagan. 29 yoshli hujumchi voqea joyining o‘zida yo‘q qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 1 oktyabr kuni Isroilning Tel-Aviv shahri Yaffa hududida otishma va qurolli hujum oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan, 10 kishi yaralangandi.


Maqola muallifi

Teglar

terakt Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing