Isroilda Ukrainaga raketalar yetkazib berishni boshlash sharti aytildi
Olam
−
21 noyabr 2022
14538Agar Eron hukumati Rossiya Federatsiyasini ballistik raketalar bilan ta’minlay boshlasa, Ukraina armiyasi Isroildan harbiy yordam olishni boshlashi mumkin.
Isroil Milliy xavfsizlik kengashi rahbari Eyal Xulata Bahrayndagi forumda Rossiya tomoniga Eron raketalarini yetkazib berish boshlanganidan keyin Ukraina armiyasiga yuqori aniqlikdagi ballistik raketalar berilishi mumkinligini aytdi. Bu haqda “9-kanal” “Kan” davlat media korporatsiyasiga tayanib, xabar bermoqda.
Shu bilan birga, gap Isroilda ishlab chiqarilgan ballistik raketalarning Ukrainaga berilishi haqida borayotgani noma’lum.
Qayd etish kerakki, Ukrainaning bir qator hamkor davlatlari, xususan, AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada va Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar Rossiyaning keng ko‘lamli tajovuziga qarshi kurashish uchun Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib bermoqda.
Oktyabr oyida Isroil Bosh vaziri Yair Lapid mamlakati Ukrainaga qurol yetkazib bermasligini aytgan edi.
LiveBarchasi