Isroilda turkiyalik jurnalistlar hibsga olindi
Olam
−
07 mart 2660 1 daqiqa
Isroilda Turkiyaning “A Haber” nashri dasturlar direktori Omina Kavas o‘g‘li va uning jamoasi hibsga olindi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Turkiya Aloqa boshqarmasi direktori Burhoniddin Duran holat yuzasidan izoh berib, jurnalistlarning faoliyati davomida qo‘lga olinishini keskin qoralagan.
Burhanettin Duran o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida shunday yozdi:
“A Haber”ning dasturlar direktori Omina Kavas o‘g‘li va uning jamoasining Isroilda ushlab turilishini qattiq qoralayman, ularga sog‘liq va xavfsizlik tilayman. Jurnalistlar ishini bajararkan nishonga olinishi va erkinliklaridan mahrum qilinishi qabul qilinmas holat. Matbuot xodimlarining xavfsizligi va jamoatchilikning to‘g‘ri hamda tarafsiz ma’lumot olishi jahon huquq normalari bilan himoyalangan asosiy huquqdir. Isroil bu matbuot erkinligini buzayotgan noqonuniy amaliyotlariga darhol barham berishi shart. Jurnalistlarga qarshi bu kabi tahdidlarga biz doimo qarshi bo‘lib qolamiz”, degan Duran.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda Isroilning G‘azoda boshlagan genotsidi davrida 260 nafar jurnalist va ommaviy axborot vositalari xodimi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. https://qalampir.uz/news/gazoda-%D2%B3alok-bulgan-oav-khodimlari-260-nafarga-yetdi-130620
Live
Barchasi