Isroilda raketa zarbasi oqibatida o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Joriy yilning 9 mart kuni Eron Isroildagi qurilish ob’ektiga raketa zarbasi berdi. Hodisa oqibatida ikki ishchi, jumladan, 62 yoshli o‘zbekistonlik Rustam G‘ulomov va 40 yoshli ozarbayjonlik Amid Murtuzov halok bo‘lgan. Bu haqda STMEGI xabar berdi.  

Ikkala ishchi ham o‘sha hududda yashab, qurilishda ishlagan. Amid Murtuzov kecha, 10 mart kuni shifoxonada vafot etgan. Shu bilan Isroilda urush boshidan beri halok bo‘lganlar soni 15 kishiga yetgan.

Qayd etilishicha, Rustam G‘ulomov 14 yil oldin o‘g‘lining ortidan Isroilga borgan. Qizining ma’lum qilishicha, zarba paytida Rustam G‘ulomov va hamrohi ob’ektni ko‘zdan kechirayotgan bo‘lgan. Sirena chalinib, ishchilarga boshpana izlash tavsiya qilingan, biroq ular ulgurmagan.

Eron raketasi markaziy Isroilning kamida olti nuqtasiga zarba bergan. Kuzatuv kamerasining yozuviga ko‘ra, sirena chalingan paytda ishchilardan biri maydonda yugurgan va bir necha soniya o‘tib, bomba portlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil hududiga raketa hujumi oqibatida Ozarbayjon fuqarosi Amid Aligulloh o‘g‘li Murtuzov halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron o'zbekistonlik Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing