Isroilda koronavirus bilan bog‘liq misli ko‘rilmagan choralar e’lon qilindi
Olam
−
25 yanvar 2021
8358Isroilda koronavirus va birinchi navbatda uning mutatsiyalari tarqalishini oldini olish uchun misli ko‘rilmagan chora-tadbirlar e’lon qilindi. Mamlakatda joriy yilning 26 yanvaridan 31 yanvarigacha xalqaro parvozlar to‘liq to‘xtatiladi va aeroportlar yopiladi. Bu haqda "MIR 24" xabar bergan.
"Ben-Gurion aeroportini yopamiz. Hech bir mamlakat biz qilmoqchi bo‘lgan ishni qilmagan. Virusning kirib kelishini oldini olish uchun biz mamlakatni muhrlab qo‘yamiz", degan Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu.
Qayd etilishicha, tarixda ilk bor yahudiylarning Isroilga ko‘chib o‘tishiga ruxsat berilmaydi. Agar bu hayot yoki o‘lim masalasi bo‘lsa, ruxsat berilishi ta’kidlangan.
Isroilliklarning aholi punktlarini tark etishi va yopiq joyda besh kishidan ko‘p, ochiq joyda esa o‘n kishidan ko‘p bo‘lib yig‘ilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yashash joyidan bir kilometr uzoqqa ketish taqiqlanadi.
Barcha ko‘ngilochar muassasalar yopiladi, restoran va kafelarning faqatgina uyga yetkazib berish xizmati ishlaydi.