Isroil yana ikkita masjidga hujum qildi
Olam
−
04 noyabr 2023
6630Isroil armiyasi blokadadagi G‘azo sektorining janubidagi Ali bin Abu Tolib masjidi va Al-Istijabega hujum qildi.
“Isroil samolyotlari eksklavdagi masjidlarga bir-biridan bir soat ichida zarba bergan”, deya xabar berdi mahalliy manbalar.
Manbalarga ko‘ra, Ali bin Abu Tolib masjidi va yaqinidagi uy butunlay vayron bo‘lgan, Al-Istijabe masjidi esa jiddiy zarar ko‘rgan.
Avvalroq G‘azo sektori hukumati matbuot xizmati rahbari Selame Ma’ruf Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari chog‘ida 52 ta masjid to‘liq vayron bo‘lgan, 110 ta diniy ob’ekt esa turli darajada zarar ko‘rgani haqida xabar bergan edi.
Eslatib o‘tamiz, Isroilning so‘nggi 24 soat ichida blokadadagi G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 261 kishiga ko‘payib, 9488 nafarga yetdi.
LiveBarchasi