Isroil Yamanga zarba berdi

Olam

image

Isroilning SAXAL kuchlari kecha, 6 iyul kuni kechqurun Yamanning Xodeyda, Ras Iso va As-Salif portlari hamda Ras Qanatib elektr stansiyasiga zarba bergani haqida xabar berdi.

Hujumlarda harbiy razvedka va Isroil dengiz floti ma’lumotlaridan foydalanilgani ma’lum qilindi.

“Ro‘yxatda keltirilgan portlar husiylar tomonidan Isroil davlati va uning ittifoqchilariga qarshi terrorchilik amaliyotlarini o‘tkazishda foydalaniladigan qurol-yarog‘larni tashishda foydalaniladi”, deyiladi SAXAL xabarida.

Ularning qo‘shimcha qilishicha, Ras-Isa portida 2023 yil noyabrida husiylar tomonidan qo‘lga olingan Galaxy Leader yuk kemasi yo‘q qilingan – Isroil armiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, Yaman husiylari “keyingi faoliyati” uchun boshqa kemalar harakatini kuzatish maqsadida unga radar o‘rnatgan.

“Ras Qanatib elektr stansiyasiga kelsak, u husiylar rejimining harbiy amaliyotlari uchun muhim elektr manbai bo‘lib xizmat qilgan”, deyiladi SAXAL postida.

Ayni paytda husiylar “Yaman havo kuchlari Isroilning tajovuzkorligiga qarshi turishini” bildirdi. Shuningdek, ular Tel-Avivdagi Ben-Gurion xalqaro aeroportiga gipertovushli ballistik raketa bilan muvaffaqiyatli zarba bergani haqida xabar berdi.

Husiylar vakili Yahyo Sarining so‘zlariga ko‘ra, operatsiya “Palastin-2” raketasi yordamida amalga oshirilgan va Lod (Ben-Gurion) aeroportiga qaratilgan. Husiy vakilining da’vo qilishicha, maqsadga erishilgan, hujum natijasida aeroport faoliyati to‘xtatilgan va “millionlab sionistlar” boshpana olishga majbur bo‘lgan.

Sari operatsiyani Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlash harakati va Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi harakatlariga javob deb atadi. Uning ta’kidlashicha, Isroilga zarbalar tajovuz tugaguncha va G‘azo sektori blokadasi olib tashlanmaguncha davom etadi.

Bayonotda, shuningdek, husiy kuchlari yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarga qarshi shay holatda ekanligi qayd etilgan.

Isroil armiyasi esa havo hujumidan mudofaa tizimlari ertalab Yamandan otilgan raketani tutib olgani haqida xabar bergan edi. Mamlakatning bir qancha hududlarida havo hujumi sirenalari yangradi.

Ma’lumot uchun, husiylar G‘azo sektorida davom etayotgan hujumlarga javoban Isroilga muntazam zarba beradi. Hujumlar 2023 yil 7 oktyabrda boshlanganidan beri G‘azoda 193 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgan yoki yaralangan. 11 mingdan ortig‘i bedarak yo‘qolgan, yuz minglab odamlar uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan. Blokada va uning oqibatida yuzaga kelgan ocharchilik o‘nlab odamlar, jumladan, bolalar halok bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Yaman husiylar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing