Isroil Yaman poytaxtiga zarba berdi (video)

Olam

image
Isroil vaziri husiylarga tahdid qildi north_east

Isroil vaziri husiylarga tahdid qildi

Bugun, 10 sentyabr kuni Isroil harbiylari husiylar nazoratida bo‘lgan Yaman poytaxti Sana shahriga havodan zarba berdi. Bu haqda “Al Masirah” telekanali xabar qildi.

Qaysi ob’ektlar nishonga olingani haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

Husiylar harakati harbiy vakili Yahyo Sariyaning bayonotiga ko‘ra, ularning havo hujumidan mudofaa tizimlari Isroil aviatsiyasi hujumiga qarshilik ko‘rsatmoqda.

“Havo hujumidan mudofaa vositalari hozirda mamlakatimizga qarshi tajovuzkor harakatlar qilayotgan Isroil samolyotlariga qarshilik ko‘rsatmoqda”, deb yozdi u o‘zining Telegram kanalida.

Harakat harbiy vakilining bildirishicha, husiylar bir nechta Isroil samolyotlari hujumini qaytarishga muvaffaq bo‘lib, ularni orqaga chekinishga majbur qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroilning Yaman poytaxti Sana shahriga bergan havo hujumi oqibatida Yamandagi husiylar harakati tomonidan tuzilgan hukumat bosh vaziri Ahmad G‘olib al-Rahaviy halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Yaman Sana husiylar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing