Isroil va Suriya 25 yil ichida ilk bor yuqori darajada muzokara o‘tkazdi
Olam
−
25 iyul 3939 2 daqiqa
Isroil va Suriya vazirlari 25 yil ichida birinchi oliy darajadagi muzokaralarini o‘tkazdi. Uchrashuv Parijda AQSHning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Tom Barrak vositachiligida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Axios” xabar berdi.
Portal xabariga ko‘ra, muzokaralarda Isroil strategik rejalashtirish vaziri Ron Dermer va Suriya o‘tish davri hukumatidagi tashqi ishlar vazirligi rahbari Asad al-Shiboniy ishtirok etgan. Uchrashuv to‘rt soat davom etdi va uning asosiy mavzusi mamlakatlar o‘rtasidagi keskinlikni kamaytirish bo‘ldi.
“Tomonlar Suriya janubida xavfsizlik va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishib olish niyatida edi”, deydi “Axios”ning isroillik manbalari.
Qayd etilishicha, Isroil va Suriya so‘nggi oylarda allaqachon bir necha uchrashuv o‘tkazgan.
“Parij muzokaralari mamlakatlar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash yo‘lidagi birinchi qadam bo‘ladi”, deya ta’kidlaydi portal.
16 iyul kuni Isroil harbiy-havo kuchlari Damashq va uning atrofidagi strategik nishonlarga zarba berdi, xususan, Suriya armiyasi Bosh shtab majmuasi va Abu Rummana kvartalidagi Prezident saroyiga zarbalar berildi. 17 iyul kuni mamlakat shimoli-g‘arbidagi Bzamildagi 132-motoo‘qchilar brigadasi bazasi va Jabledagi 107-zirhli brigada bazasiga havo hujumlari uyushtirildi.
23 iyul kuni Isroil harbiy-havo kuchlari qiruvchi samolyotlari tushdan keyin markaziy Xoms viloyatidagi Suriya qurolli kuchlarining omborlariga zarba berdi. Isroil mudofaa vaziri Isroil Kats hukumat qo‘shinlari druzlar yashaydigan respublika janubidagi Suvayda shahri va uning atrofidagi hududlardan olib chiqilmasa, Isroil Suriyaga zarba berishda davom etishi haqida ogohlantirdi.
19 iyul kuni Suriyaning o‘tish davri prezidenti Ahmad ash-Shara xalqaro vositachilar ishtirokida ishlab chiqilgan tinchlik rejasiga muvofiq, butun janubiy viloyatda o‘t ochishni to‘xtatishni e’lon qildi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr