Isroil va HAMAS o‘rtasida tenglik yo‘q – Bayden 

Olam

image

AQSH Xalqaro jinoiy sud (XJS) prokurori Karim Xonning Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va mamlakat Mudofaa vaziri Yoav Gallantni hibsga olishga order berishni so‘ragan bayonotini qoraladi. Bu haqda “Amerika ovozi” xabar berdi.

“Xalqaro jinoiy sud prokurorining Isroil rahbarlarini hibsga olish uchun order berayotgani haqidagi bayonoti g‘azabnokdir. Bu prokuror nimani nazarda tutmasin, Isroil va HAMAS o‘rtasida tenglik yo‘q”, degan AQSH Prezidenti Jo Bayden.

Davlat kotibi Entoni Blinken esa o‘z bayonotida prokurorning talabini “sharmandalik” deb atagan. Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar hozirgi mojaro boshlanishidan ancha oldin XJS bu masalada yurisdiksiyaga ega emasligini aniq aytgan. 

“XJS uning ishtirokchi davlatlari tomonidan cheklangan yurisdiksiya sudi sifatida tashkil etilgan. Ushbu  cheklovlar bir-birini to‘ldirish tamoyillariga asoslanadi. Bu holatda prokuror Isroil huquq tizimiga to‘liq va o‘z vaqtida harakat qilish imkoniyatini berish o‘rniga, hibsga olish uchun order so‘ragan. Isroil sud a’zosi bo‘lmasa ham, prokurorlar bilan hamkorlik qilishga tayyor”, degan Blinken. 

Qolaversa, u Xonning tergovni muhokama qilish uchun kelasi haftada Isroilga tashrif buyurishi kutilayotganini qo‘shimcha qildi. XJS hodimlari tashrifni muvofiqlashtirish uchun kecha, 20 may kuni Isroilga borishi kerak edi. Xon ayblovlarni e’lon qilgan paytda Isroilga safar bekor qilingani haqida xabar berilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xalqaro jinoiy sud bosh prokurori Karim Xon Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galant va HAMASning uch yetakchisi: Yahyo Sinvar, Muhammad Al-Masri va Ismoil Xoniyani hibsga olish uchun order berishni talab qilgan edi. Prokuror bayonotida isroillik siyosatchilar va HAMAS yetakchilari urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun javobgar ekanligi ta’kidlangan. Shundan so‘ng Isroil va HAMAS XJS prokurorining talabini qoraladi.

Habib Jo‘raboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Isroil Bayden HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing