Isroil o‘z imkoniyatlarini namoyish qilish uchun Eron hududiga zarba berishi mumkin – “Al-Jazeera”

Olam

image

Isroilning harbiy javobi o‘z imkoniyatlarini namoyish qilish uchun Eronning hududidagi nishonlarga zarba berish bo‘lishi mumkin. Bu haqda ismini oshkor etmagan amerikalik amaldorga asoslanib, Qatarning “Al-Jazeera” telekanali xabar berdi.

Telekanal manbasiga ko‘ra, Isroilning Eron hujumiga potensial javobi ziddiyatni kuchaytirishga emas, balki harbiy salohiyatini namoyish etishga qaratilgan bo‘lishi mumkin. 

"Isroil bizga mumkin bo‘lgan zarba uchun aniq bir sana haqida ma’lumot bermadi. Biz ziddiyat yana kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun sa’y-harakatlarimizni davom ettirmoqdamiz", degan rasmiy.

U bunday qaror Isroilga tegishli ekanini qo‘shimcha qilgan.

ABC telekompaniyasi esa manbalariga tayanib, Qo‘shma Shtatlar Isroilni Eronga javob qaytarsa, "bir o‘zi buni amalga oshirishi" haqida ogohlantirganini xabar berdi. Televideniye manbasining qayd etishicha, bu ogohlantirish bevosita Isroilning yuqori martabali amaldorlariga yetkazilgan.

“Qo‘shma Shtatlar Yaqin Sharqda kengroq mojaro kelib chiqishidan qo‘rqib, Eronga qarshi hujumkor harbiy amaliyotlar o‘tkazmaydi”, deydi manbalardan biri. 

ABC’ning ta’kidlashicha, bu "bir necha o‘n yillar davomida AQSHdan dunyodagi boshqa mamlakatlardan ko‘ra ko‘proq harbiy yordam olgan yaqin ittifoqchi uchun g‘ayrioddiy xabar". Biroq, Isroilning G‘azo sektoridagi bir necha oylik mustaqil harakatlari va Qo‘shma Shtatlarning Isroil harbiy amaliyotlari haddan tashqari uzoqqa ketgani haqidagi qattiq tanqididan so‘ng, AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Vashington Eronga qarshi hujumkor harakatlarda ishtirok etmasligini ochiq aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing