Isroil TIV Turkiyada “qorong‘i diktatura” hukm surayotganini aytdi

Sport

image

Isroil Tashqi ishlar vaziri Israel Kats isroillik futbolchi Sagiv Yexezkelning Turkiyada ommaviy adovat va nafrat uyg‘otganlikda ayblanib, hibsga olinishi ortidan Anqaradagi mavjud hukumatni tanqid qildi. 

Katsga ko‘ra, Turkiyadagi bu ishlar sport an’analariga zid va respublikaning qorong‘i diktaturaga aylanayotganidan dalolat beradi.

“Turkiya insonparvarlik qadriyatlari va sport qadriyatlariga zid ishlaydigan “qorong‘i diktatura”ga aylandi. Futbolchini 100 kundan ortiq vaqt davomida garovga olingan 136 kishini qo‘llab-quvvatlashi terrorchi va qotil tashkilotga bo‘lgan nafratini ifodalaydi. Dunyo hamjamiyati va xalqaro sport tashkilotlarini Turkiyaga qarshi chora ko‘rishga chaqiraman”, deydi Isroil vaziri.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning “Antaliyaspor” klubi a’zosi Sagiv Yexezkel va “Istanbul Bashakshexir” yarim himoyachisi Eden Karsev Isroil-Falastin mojarosi fonidagi xatti-harakatlari uchun qo‘lga olindi.

Keyinroq Antaliya prokuraturasi Yexezkelni hibsdan ozod qildi. Qayd etilishicha, futbolchini olib ketish uchun Turkiyaga Isroildan maxsus samolyot yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Isroil Israel' Kats Sagiv Exezkel

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing