Isroil Suriyaga raketalar orqali zarba berdi
Olam
−
24 iyun 2020
8375Suriyaning Hama tumanida joylashtirilgan havo hujumidan mudofaa tizimlari (havo mudofaasi) Isroil tomonidan yo‘llangan raketalarni urib tushirdi. Bu haqda bugun, 24 iyun kuni Suriya Qurolli kuchlari qo‘mondonligi ma’lum qilmoqda.
"Isroil Suriyaga qarshi yangi agressiyani amalga oshirdi. Hamaning sharqidagi Salmiya va Es-Subburdagi bir nechta harbiy pozitsiyaga hujum uyushtirildi" dedi u. Manbaning ta’kidlashicha, ayni paytda "dushmanning ko‘plab raketalari urib tushirilgan".
Avvalroq Isroil harbiy-havo kuchlari Es-Suveyda provinsiyasidagi Salhad shahrida joylashgan harbiylar pozitsiyalariga hujum qilgan edi. Natijada ikki askar halok bo‘ldi va yana to‘rt kishi yaralandi.
"Shuningdek, Deyr-ez-Zor provinsiyasi va Es-Suxna vohasidagi harbiy ob’ektlar raketalar orqali o‘qqa tutilgan", dedi manba. U yerda halok bo‘lgan yoki jarohatlangan harbiylar haqida hech qanday ma’lumot olinmagan.
LiveBarchasi