Isroil politsiyasi yana Al-Aqsoga bostirib kirdi – OAV
Olam
−
22 aprel 2022
7225Bugun, 22 aprel kuni bomdod namozidan keyin Isroil politsiyasi bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidi hududiga bostirib kirdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Isroil politsiyasi xodimlari Islom olamining uchinchi muhim ziyoratgohi hududidan chiqib ketishdi.
Masjid majmuasiga kiraverishda isroillik politsiyachilar bilan ziyoratgohga kirishga ruxsat berilmagan falastinlik yoshlar o‘rtasida vaqti-vaqti bilan to‘qnashuvlar bo‘lib turgan. Falastinliklar Isroil xavfsizlik kuchlarini toshbo‘ron qilgan, bunga javoban ular shovqinli granatalar va rezina o‘qlardan foydalangan.
Falastin Qizil Yarim Oy Jamiyati to‘qnashuvlarda 30 dan ortiq falastinlik yaralangani, ulardan 14 nafari shifoxonaga yotqizilgan. Bir nafar falastinlik ushlangani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 aprel kuni Quddusdagi Al-Aqso masjidida falastinliklar va Isroil politsiyasi o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Bunga Isroil politsiyasining muqaddas ziyoratgoh hududiga bostirib kirishi sabab bo‘ldi. Bu holat shundan beri har kuni takrorlanib kelmoqda.
Hozirgacha Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Yaman, Iroq, Liviya, Iordaniya va Turkiya Isroil kuchlarining Al-Aqsoga kiritganini qoralab chiqdi.
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham Falastin ma’muriyati rahbari Mahmud Abbos bilan telefon orqali muloqot qilib, Al-Aqso atrofidagi hodisalarga qarshilik ko‘rsatishini bildirdi.
Ma’lumot uchun, Quddusdagi “Al-Aqso” masjidi musulmonlarning birinchi qiblasi hisoblanadi.
Mutaassib yahudiylar ziyoratgoh shoh Sulaymon maqbarasi vayronalari o‘rnida barpo etilgan deb, masjid hududiga tez-tez bostirib kiradi.
Isroil va Iordaniya o‘rtasida 1994 yilda tuzilgan kelishuvga binoan “Al-Aqso” masjidi Quddus Islom jamg‘armalari boshqarmasi tomonidan boshqariladi.
Biroq, 2003 yildan beri yahudiylar ma’muriyat ruxsatini e’tiborga olmay, Isroilning bir tomonlama qarori bilan politsiya hamrohligida ziyoratga bostirib kirishni boshladi. Islom jamg‘armalari boshqarmasi bunday harakatlar musulmonlar suverenitetining buzilishi ekanini ta’kidlaydi.
LiveBarchasi