Isroil Madrimovning vaznida mutlaq chempionlik jangi o‘tkazildi
Sport
−
18 iyul 2021 6032 1 daqiqa
Bugun, 18 iyul kuni AQSHning San-Antonio shahridagi “AT&T” markazida professional boks kechasi tashkil etildi.
Turnirning markaziy jangi birinchi o‘rta vazn toifasining mutlaq jahon chempionligi uchun bo‘lib o‘tdi. WVC, WVA va IBF kamarlari sohibi Jermell Charlo (34-1-1, 18 KO) va WBO chempioni Brayan Kastano (17-0-2, 12 KO) o‘rtasidagi bahs kutilmaganda durang natija bilan yakunlandi.
Bahs to‘liq 12 raund davom etdi. Hakamlar 117-111, 113-114, 114-114 hisobini qayd etishdi. Shu tariqa har ikki jangchi o‘zining chempionlik kamarini saqlab qoldi va ma’lum muddatdan so‘ng revansh janggi tashkil etilishi aytib o‘tildi.
E’tiborli tomoni shundaki, ushbu vaznda WBA intercontinental kamari sohibi o‘zbekistonlik Isroil Madrimov hisoblanadi. U o‘zi ishtirok etgan 7 bahsning barchasida raqiblarini mag‘lub etgan, hisobida 5 nokaut mavjud. Isroil navbatdagi jangini fransiyalik Maykl Soroga qarshi WBA Gold chempionlik kamari uchun o‘tkazadi. Soro shu kungacha 35 ta g‘alaba (24 KO), 2 mag‘lubiyat va bitta durang qayd etgan. Bellashuv g‘olibi katta ehtimol bilan mutlaq chempionga qarshi ringga ko‘tariladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025