Isroil Madrimovning navbatdagi jangi tasdiqlandi
Sport
−
22 Mart 2023 7907 1 daqiqa
O‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov bo‘lajak jangini kimga qarshi o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi. Madrimov joriy yilning 8 aprel kuni Texas shahrida amerikalik Rafael Igbokvega qarshi jang qiladi.
Mazkur to‘qnashuv Matchroom promouterlik kompananiyasi tomonidan o‘tkaziladi.
19 yoshli Igbokve faoliyati davomida 19 ta jang o‘tkazib, 16 tasida g‘alaba qozongan, 3 ta bahsda mag‘lubiyatga uchragan. Madrimov esa profboksda 7 ta bahsda ringga ko‘tarilib, barcha jangda raqiblaridan ustun kelgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 aprel oqshomida yana bir o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev ham jang o‘tkazadi. Ahmadaliyev kamarlarini himoya qilish uchun filippinlik Marlon Tapalesga qarshi ringga ko‘tariladi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr