Isroil Madrimovning jangi bekor qilindi
Sport
−
08 dekabr
9711Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida joriy yilning 21 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan professional boks oqshomining ikkinchi asosiy jangida super yarim o‘rta vazn toifasida o‘zbekistonlik sobiq jahon chempioni Isroil Madrimovning Ukraina vakili Sergey Bogachukka qarshi rejalashtirilgan jangi bekor qilindi. Bu haqda Saudiya Arabistoni ko‘ngilochar boshqarmasi rahbari Turki al ash-Shayx o‘zining X sahifasida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Madrimov o‘tkir bronxit tufayli mazkur jangda ishtirok eta olmaydi. Uning o‘rnini 21 dekabr kuni angliyalik Ishmael Devis egallaydi.
Isroil Madrimov endi 2025 yilning 22 fevral kuni 26 yoshli Virjil Ortis bilan jang qiladi.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli Isroil Madrimov hozirga qadar 12 ta jang o‘tkazib, 10 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. Madrimovning fevral oyidagi raqibi Ortis esa shu vaqtga qadar profboksda 22 marta ringga ko‘tarilib, barcha jangda g‘alaba qozongan va janglarining 21 tasida raqiblarini nokautga uchratgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov keyingi yil fevral oyida “Riyadh Season” tomonidan o‘tkaziladigan boks kechasida ham jang qilishi haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi