Isroil Madrimov WBA kamari uchun kim bilan jang qiladi?

Sport

image

Super yarim o‘rta vaznda janglar o‘tkazadigan o‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimovning Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari uchun raqibi ma’lum bo‘ldi.

Chempionlik bahsida Madrimovga rossiyalik Magomed Qurbonov raqiblik qiladi. O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi o‘z vaznida WBA kamari uchun 1-raqamli da’vogar hisoblanadi. Qurbonov esa 2-raqamli da’vogar sifatida qayd etilgan.

Mazkur vaznda WBA, WBO va IBF kamarlari egasi amerikalik Jermell Charlo edi, biroq Charlo vaznini o‘zgartirib, Saul Kanelo Alvares bilan jang qildi va mag‘lubiyatga uchradi. Charlo o‘z vazniga qaytdi, ammo majburiy da’vogarlar bilan jang qilishni istamadi. Shuning uchun u WBA, WBO va IBF kamarlardan mahrum qilindi.

Madrimov-Qurbonov jangi sanasi va o‘tkazilish joyi hozircha noma’lum.

Ma’lumot uchun, Madrimov professional boksda 10 ta jang o‘tkazib, 9 tasida (6 nokaut) g‘alaba qozongan va bittasida texnik durang qayd etilgan. 28 yoshli Qurbonov esa 25 ta jangda ringga ko‘tarilib, barchasida raqiblaridan ustun kelgan. Janglarining 13 tasida raqiblarini nokautga uchratgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Madrimov Butunjahon boks assotsiatsiyasi Magomed Qurbonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing