Isroil Madrimov uchinchi jangini ham muddatidan oldin g‘alaba bilan yakunladi

Sport

image

O‘zbeksitonlik professional bokschi Isroil Madrimov navbatdagi jangida ham g‘alaba qozondi. Isroil Madrimov bugun, 9 iyu kuni o‘zining uchinchi jangini o‘tkazdi. AQSHdagi mashhur “Medison Skver Garden” arenasida tashkil etilgan boks oqshomida Madrimovga meksikalik Norberto Gonsales raqiblik qildi.

10 raundga mo‘ljallangan jang oxirigacha yetib bormadi. Bunga esa Madrimovning kuchli va aniq zarbalari sabab. Jangning 6-raundi o‘tib borayotgan payt Madrimov o‘zining ajoyib seriyalari bilan raqibini karaxt vaziyatga soldi va referi jangni to‘xtatdi. Bu Isroil uchun uchinchi jang edi va u mazkur janglarning barchasini muddatidan avval g‘alaba bilan yakunlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Madrimov

Baholaganlar

21

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing