Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Isroil Madrimov Ortisga qarshi jangdan qancha ishlab olgani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Saudiyadagi boks oqshomida Virjil Ortisga qarshi ringga ko‘tarilgan Isroil Madrimovning jangdan 800 ming dollar gonorar olgan. Bu haqda “Riyadh Season” tashkilotidagi insayderlariga tayanib, OAV  xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil Madrimov 800 ming dollar, Madrimovni mag‘lub etgan Virjil Ortis 2 million dollar gonorar oldi. Eng ko‘p gonorarni markaziy jang egalari Artur Beterbiyev va Dmitriy Bivol oldi. Ular 10 million dollardan ega chiqdi.

Kimga qancha gonorar berilgani haqida ro‘yxat.

Bivol - 10 million dollar
Beterbiyev - 10 million dollar
Parker - 2 million dollar
Bakole - 600 ming dollar
Ortiz - 2 million dollar
Madrimov - 800 ming dollar
Stivenson - 2.1 millon dollar
Pedli - 500 ming dollar
Adames - 1.2 million dollar
Shiraz - 800 ming dollar
Chan - 2.5 million dollar
Kabayel - 1.2 million dollar
Buatsi - 550 ming dollar
Smit 660 ming dollar.

Ma’lumot o‘rnida, 22 fevral kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida “Riyadh Season” doirasida navbatdagi boks oqshomi bo‘lib o‘tdi. Ushbu oqshom markaziy jangida birinchi og‘ir vazn toifasi mutlaq jahon chempionligi uchun ikki rossiyalik bokschi Artur Beterbiyev va Dmitriy Bivol ringga ko‘tarildi va yakunda Bivol ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozonib, mutlaq  jahon chempionga aylandi.

Shuningdek, turnir doirasida super o‘rta vazn toifasida WBC Interim kamari uchun ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov amerikalik Virjil Ortisga ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Madrimov gonorar Virjil Ortis

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing