Isroil Madrimov ertangi jangi oldidan “nigohlar to‘qnashuvi”da qatnashdi (video)
Sport
−
21 fevral
11834Professional boksning yarim o‘rta vazn toifasida faoliyat olib borayotgan bokschi Isroil Madrimov Verjil Ortisga qarshi jang oldidan “face-to-face” marosimida ishtirok etdi.
Ertaga, 22 fevral kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Ushbu kechada yarim o‘rta vazn toifasi WBC vaqtinchalik chempioni kamari uchun o‘zbekistonlik Isroil Madrimov hamda amerikalik Verjil Ortis ringga ko‘tariladi. Mazkur kechaning markaziy jangida birinchi og‘ir vazn toifasi mutlaq chempionligi uchun ikki rossiyalik bokschi Artur Beterbiyev va Dmitriy Bivol ringga chiqadi.
Ma’lumot o‘rnida, Madrimov professional faoliyati davomida 12 ta jang o‘tkazgan va shundan 10 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat qayd etgan. Yana bir jangi esa natijasi bekor qilingan. Ortis esa 22 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan.
LiveBarchasi
Trenddagilar

