Isroil Madrimov 6-jangida qiyin g‘alabaga erishdi
Sport
−
16 avgust 2020
8610Professional boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida harakat qilayotgan o‘zbekistonlik Isroil Madrimov (6-0, 5 KO) 37 yoshli amerikalik Erik Uokerga (20-3, 9 KO) qarshi ringga ko‘tarildi.
Madrimo jangda g‘alaba qozondi. Shu kunga qadar beshta jangda ringga ko‘tarilib, barchasida nokaut bilan g‘alaba qozongan Madrimov, bu safar to‘liq 12 raund harakat qildi.
Jangning dastlabki raundlarida ustunlik amerikalik bokschi tomonida bo‘ldi, biroq Isroil vaqt o‘tgan sari vaziyatni o‘z tomoniga og‘dirdi va bir necha raundni o‘z foydasiga hal qildi. 7 va 8-raundlar Madrimov uchun qiyin kechdi. Biroq o‘zbekistonlik bokschi tezda o‘ziga keldi va 9-raundda raqibini chuqur nokaut holatiga tushirishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo bosh hakam tushunarsiz qarori bilan nokautni bekor qildi va Uoker o‘ziga kelib olishi uchun besh daqiqalik tanaffus berdi.
Madrimov drops Walker, but the referee rules no knockdown.
— DAZN USA (@DAZN_USA) August 16, 2020
Agree? pic.twitter.com/swiyR3xKNa
Madrimov qolgan raundlarda ham faollik ko‘rsatdi va hatto 12-raundda raqibini nokdaun holatiga tushirdi. Yakunda hakamlar bir ovozdan (116-110, 116-111, 116-110) Isroilni g‘olib deb topdi.
Madrimov yakuniy eliminator jangida ham muvaffaqiyatga erishib, WBA jahon chempionlik kamari uchun majburiy da’vogarga aylandi.
Avvalroq, Shahram G‘iyosov nikaragualik raqibini 3-raundda nokautga uchratib, g‘alaba qozongani haqida xabar bergan edik.