Isroil Livanda fosforli bombalardan foydalanmoqda

Olam

image

Isroil armiyasi Livan janubidagi Xiyom shahrini egallash uchun hujumlarini davom ettirib, Al-Mari qishlog‘i yaqinidagi nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida fosforli bombalardan foydalandi. Bu haqda Livanning NNA agentligi xabar berdi.

Bildirilishicha, Isroil armiyasi Kafr Shuba Xiyam shahri, Numeyriya va Sharqiya o‘rtasidagi Rahibat mahallasi, Nabatiya shahrining janubiy qismidagi Mefdun, Shuqin, Haruf va Jabal Ahmar kabi ba’zi hududlarga hujumlarini davom ettirmoqda.

Kechasi Isroil armiyasi al-Mari qishlog‘i yaqinidagi Livan armiyasi nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida fosforli bombalardan ham foydalangan.

Xiyom hududining strategik ahamiyati tufayli Isroil kuchlari va "Hizbulloh" a’zolari o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan hudud ekanligi aytiladi. Boshqa tomondan, "Hizbulloh" yozma bayonotida, Xiyom shahri sharqida bir guruh isroillik askarning raketa hujumiga uchraganini bildirdi.

Livanga hujumlar boshlanganidan beri Isroil armiyasi mamlakat janubidagi ko‘plab mintaqalarda fosfor bombalarini qo‘llagan.

Ma’lumot uchun, oq fosfor samolyot bombalarini, aviatsiya kassetali o‘q-dorilarini, artilleriya snaryadlarini, minalarni, jihozlash uchun ishlatiladi. Yondiruvchi qurollar oddiy qurollar qatoriga kiradi, ammo BMTning 1980 yildagi g‘ayriinsoniy qurollar to‘g‘risidagi konvensiyasining uchinchi protokoli ularni tinch aholiga va fuqarolik ob’ektlariga qarshi, shuningdek, tinch aholi punktlaridagi harbiy nishonlarga hujumlar paytida qo‘llashni taqiqlaydi. Inson huquqlari tashkilotlari fosforli bombalarni kimyoviy qurollar qatoriga kiritishga chaqirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Xalqaro inson huquqlari tashkiloti Human Rights Watch Isroil Livan va G‘azo sektoriga qarshi harbiy amaliyotlar chog‘ida oq fosfor ishlatganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Livan fosforli bomba

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing