Isroil Livan hududiga hujum qildi
Jamiyat
−
09 Oktabr 2023
17887Isroil harbiy vertolyotlari Livan hududiga hujum qilishni boshladi. Bu haqda Isroil armiyasi (SAXAL) Matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Times of Israel” nashrining harbiy muxbiri Emmanuel Fabianning yozishicha, Isroil harbiy kuchlarining vertolyotlari Livan chegarasida joylashgan “Hizbulloh” kuzatuv postiga zarba bergan.
Ma’lumot o‘rnida, “Hizbulloh” o‘z a’zolari Isroilga bostirib kirganini rad etib kelmoqda. “Reuters” agentligi Livan va mamlakatning chegaradosh mintaqasidagi xavfsizlik manbalari bir guruh erkaklar Isroil bilan chegaraga yaqinlashgani va ulardan biri Isroil kuzatuv postiga qarata o‘t ochganini tasdiqlagan.
Avvalroq, Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galant Isroil harbiylari G‘azo sektorini keng ko‘lamli blokadaga kirishayotganini ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi