Isroil Krouford bilan jangda g‘alaba qozongandi – To‘lqin Qilichev

Sport

image

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev Isroil Madrimovning Terens Kroufordga qarshi jangi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

“To‘g‘risi, bu jangdan qo‘rqib turgandim. Ba’zida Isroil 12 raundni o‘tkazib olsa bo‘ldi, degan fikrlar ham o‘tdi, biroq shogirdim bu jangda yuta olishini ham isbotlab qo‘ydi. Menga birinchi navbatda Isroilning sog‘ligi muhim. Kimga qarshi jang qilayotganimizni bilib turgandik va shogirdim o‘ylaganimdan ko‘ra ancha yaxshi jang qildi. Jangdagi o‘ta nozik jihatlarga e’tibor beradigan bo‘lsak, Isroil g‘alaba qozondi, biroq jang Amerikada katta obro‘ga ega Terens Kroufordning uyida bo‘ldi. Hakamlarning unga yon bosishi tabiiy holat edi. Bu jangdan keyin Isroil kerak bo‘lsa Bahodir Jalolovdan ham ko‘ra O‘zbekistonni dunyoga ko‘proq tanita olgan bokschiga aylandi”, deydi Qilichev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Madrimov Kroufordga qarshi jangdan qancha foyda ko‘rgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Madrimov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made