Isroil Xomanaiyning bunkeri joylashgan hududga zarba berdi – OAV

Olam

image

Isroil Harbiy-havo kuchlari Tehrondagi Eron Oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy bunkeri joylashgan tumanni bombardimon qilmoqda. Bu haqda manbalariga tayanib, Isroilning “9-kanal” telekanali xabar berdi.

Isroil armiyasi (SAXAL) vakilining so‘zlariga ko‘ra, ayni damda Isroil havo kuchlari Tehron atrofida Eron rejimiga tegishli harbiy ob’ektlarga hujum uyushtirmoqda.

“Isroil havo kuchlari Oyatulloh Ali Xomanaiy bunkeri joylashgan Tehron tumanini bombardimon qilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 iyun kuni Eronning “Iran International” nashri manbalariga tayanib, Oliy rahbar Ali Xomanaiy 13 iyun ertalabki Isroil zarbalaridan bir necha soat o‘tib, Tehronning shimoli-sharqidagi Lavizan tumanida joylashgan bunkerdan boshpana topganini xabar qilgandi.

Shuningdek, 15 iyun kuni “The Wall Street Journal” nashri Isroil rasmiylariga tayanib, mamlakat Eronning yadroviy dasturiga barham berish maqsadida har qanday nishonni, jumladan, Oliy rahbar Xomanaiyni ham nishonga olish ehtimolini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgandi. Nashr manbalariga ko‘ra, Isroil zarbalari nafaqat yadroviy infratuzilmaga, balki Eronning siyosiy va harbiy barqarorligini izdan chiqarishga qaratilgan.

Shuningdek, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu kecha, 16 iyun kuni Amerikaning ABC News telekanaliga bergan intervyusida Xomanaiy o‘ldirilsa, bu Eron va Isroil o‘rtasidagi ziddiyatni kuchaytirmasligini, balki bu mojaroga barham berishini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron-Isroil bunker Oyatulloh Ali Xomanaiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing