Xomanaiyning jasadi nihoyat ko‘mildi
Olam
−
10 iyul 7269 2 daqiqa
Eronning halok bo‘lgan oliy rahbari Ali Xomanaiyni dafn etish marosimi uning tug‘ilgan shahri Mashhadda yakunlandi. Uning jasadi ikki yil avval vertolyot halokatida halok bo‘lgan mamlakat prezidenti Ibrohim Raisiyni so‘nggi yo‘lga kuzatgan Imom Rizo maqbarasiga dafn etildi
Oxirgi lahzada Xomanaiy bilan vidolashmoqchi bo‘lganlar soni ko‘payib ketgani sababli, motam marosimi tashkilotchilari maqbaragacha bo‘lgan yo‘nalishni o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. Xomanaiyning jasadi ortilgan motam karvoni maqbaragacha yetib bora olmadi va vertolyotda olib ketildi.
Maqbara hududida Xomanaiy va u bilan birga halok bo‘lgan oila a’zolari ustida yuz minglab ziyoratchilar ishtirokida namoz o‘qilgan. Shundan so‘ng tor doirada rasmiy dafn marosimi bo‘lib o‘tgan, u yerga jurnalistlar kiritilmagan.
28 fevral kuni Amerika va Isroil zarbalari oqibatida halok bo‘lgan Ali Xomanaiy bilan vidolashuv Tehronda 3 iyul kuni boshlandi, motam marosimida kamida 100 ta davlatdan kelgan yuqori martabali delegatsiyalar ishtirok etdi. 4-5 iyul kunlari Oyatullohning jasadi Tehronning Mosallasida (Eron poytaxtidagi eng yirik diniy-jamoat majmuasi) bo‘lgan. 6 iyul kuni Tehronning asosiy ko‘chalarida motam yurishi bo‘lib o‘tdi, shundan so‘ng jasad Eronning asosiy diniy markazi – Qum shahriga yetkazildi, u yerda 7 iyul kuni motam marosimlari bo‘lib o‘tdi. O‘sha kuni kechqurun Ali Xomanaiyning jasadi Iroqqa jo‘natildi, u yerda Najaf va Karbalodagi mahalliy shia musulmonlari uchun alohida vidolashuv marosimlari tashkil etildi.
Live
BarchasiGaitida samolyot dengizga qo‘ndi
10 iyul