Isroil qo‘shinlarida jang qilgan Janubiy Afrika fuqarolari qamaladi – TIV 

Olam

image

Janubiy Afrika Tashqi ishlar vaziri Naledi Pandor Isroil Qurolli kuchlari safida yoki ular bilan birga G‘azoda jang qilgan fuqarolar vatanlariga qaytganlarida hibsga olinishini aytdi. U bu haqda kecha, 13 mart kuni "Falastin birdamlik" tadbiridagi chiqishida ma’lum qildi.

Naledi Pandor shu hafta boshida Janubiy Afrikaning hukmron Afrika Milliy Kongressi partiyasi rasmiylari ishtirok etgan "Falastin birdamlik" tadbirida odamlarni Isroilning beshta asosiy tarafdor davlatlari va uning G‘azodagi harbiy harakatlariga qarshi elchixonalar oldida namoyishga chiqishga undagan. U garchand isroilparast davlatlarning nomini aniq aytmagan bo‘lsada Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya va Germaniyaning bu ro‘yxatda borligi xorijiy nashrlar tomonidan ta’kidlanmoqda.

"Men allaqachon janubiy afrikalik bo‘la turib Isroil mudofaa kuchlari safida yoki ular bilan yonma-yon jang qilayotganlarni ogohlantiruvchi bayonot berdim: Biz tayyormiz. Uyga kelgach, biz sizni hibsga olishga tayyormiz!", degan vazir namoyishkorona chiqishi davomida.

Biroq, G‘azodagi joriy urush paytida qancha Janubiy Afrika fuqarosi Isroil uchun jang qilgani aniq emas.  Janubiy Afrikada 70 000 ga yaqin yahudiylar yashaydi. 

Ma’lumot uchun, dekabr oyida Tashqi ishlar vazirligi Janubiy Afrika hukumati o‘z fuqarolari yoki doimiy yashovchilarning ba’zilari G‘azoda jang qilish uchun SAXAL safiga qo‘shilganidan xavotirda ekanini va agar ularga hukumat tomonidan ruxsat berilmagan bo‘lsa, ular jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Ham Janubiy Afrika, ham Isroil fuqaroligiga ega bo‘lganlar Janubiy Afrika fuqaroligidan mahrum qilinishi bildirilgan.

Ta’kidlash joizki, 2023 yilning noyabr oyi boshlarida JAR Isroildan barcha diplomatlarini chaqirib olgan edi. Oradan  qariyb ikki oy o‘tib, 30 dekabr kuni mamlakat Isroilni G‘azodagi qo‘poruvchilik harakatlari yuzasidan Xalqaro sudga berdi. Sud joriy yilning yanvar oyida Isroil G‘azoda genotsidning oldini olish uchun zarur choralarni ko‘rishi kerakligi haqidagi vaqtinchalik qaror qabul qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Afrika G'azo Naledi Pandor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing