Isroil qo‘shinlari G‘azo sektoriga kirdi

Olam

image
Isroilning G‘azoga hujumlari kuchaydi north_east

Isroilning G‘azoga hujumlari kuchaydi

Isroil harbiylari kecha, 27 oktyabr kuni kechqurun G‘azo sektori shimoliga kirib, quruqlikdagi amaliyotlarini boshladi. Bu haqda bugun, 28 oktyabr kuni Isroil armiyasi vakili Daniel Xagariyga tayanib, “ The Times of Israel” xabar berdi.

Xagariyning aytishicha, Isroil qo‘shinlari Falastin anklavida bosqichma-bosqich jangovar harakatlar olib bormoqda. Ayni vaqtda Isroil quruqlik qo‘shinlari G‘azo sektorida operatsiyalarni davom ettirmoqda.

“Operatsiyada ishtirok etayotgan piyodalar, zirhli, muhandislik va artilleriya kuchlari katta havo zarbalari bilan qo‘llab-quvvatlanmoqda”, deydi Isroil harbiy vakili.

Uning qo‘shimcha qilishicha, G‘azo sektoridagi operatsiya hududi kengaytirilganidan beri Isroil askarlaridan haligacha jabrlanganlar yo‘q.

Shuningdek, Xagariy Isroil qiruvchi samolyotlari HAMAS dengiz kuchlari qo‘mondoniga zarba bergani haqida gapirgan.

“Dengiz kuchlari, Harbiy-havo kuchlari, Amman va Shin-Bet qo‘shinlari o‘rtasida olib borilgan qo‘shma razvedka ishlari natijasida Isroil armiyasi qiruvchi samolyotlar yordamida G‘azo dengiz floti brigadasi qo‘mondoni Ratab Abu Saybanni yo‘q qildi”, degan Isroil armiyasi voizi.

Xagariyning qo‘shimcha qilishicha, SAXAL juda keng ko‘lamli ommaviy hujumlarni amalga oshirishda davom etmoqda.

“Qo‘shinlar hali ham hududda va urushni davom ettirmoqda. Qo‘mondonlaridan ayrilgan HAMAS harakati bilan kurashish osonlashadi”, deydi u.

“Al Mayadeen” telekanali esa HAMAS bayonotiga tayanib, Isroilning G‘azo sektoridagi quruqlikdagi hujumi uch yo‘nalishda ham muvaffaqiyatsiz yakunlangani haqida xabar bergan.

Ma’lumot uchun, 28 oktyabrga o‘tar kechasi G‘azo sektori butun mojaro davomida Isroil tomonidan eng yirik bombardimonga uchragan. Tunda HAMAS havo kuchlari boshlig‘i, dron hujumlari va havo mudofaasi uchun mas’ul bo‘lgan Asem Abu Raqabega zarba bergan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil mudofaa kuchlari bir kecha-kunduzda HAMASning G‘azo sektori shimolidagi 150 ta yer osti manziliga zarba berganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing