Isroil qo‘shinlari G‘azo parlamentini egallab oldi – OAV
Olam
−
14 noyabr 2023 12015 1 daqiqa
Isroil harbiylari G‘azo shahridagi parlamentni bosib olib, uning minbarida suratga tushdi. Bu haqda “The Times of Israel” nashri xabar berdi.
Mazkur rasmni isroillik taniqli huquq himoyachisi va jurnalist Yusuf Xaddod ijtimoiy tarmoqda e’lon qildi. Unda quruqlikdagi operatsiya doirasida harakat qilayotgan “Golani” harbiy brigadalari tasvirlangan. Isroil Mudofaa vazirligi rahbari Yoav Galant HAMAS G‘azo sektori hududi ustidan nazoratni yo‘qotganini da’vo qilgan.

“SAXALni to‘xtata oladigan birorta ham HAMAS kuchlari yo‘q. SAXAL har bir nuqta tomon oldinga siljiydi. HAMAS G‘azo ustidan nazoratni yo‘qotdi. Terrorchilar janubga qochmoqda. Tinch aholi HAMAS bazalarini talon-taroj qilmoqda. Ularning hukumatga ishonchi yo‘q”, deydi Galant.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil qo‘shinlari “reja bo‘yicha” oldinga siljiydi va topshiriqlarni aniq va hech kimni ayab o‘tirmasdan bajaryapti.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025