Isroil quruqlikdagi operatsiyalarni kuchaytirmoqda. HAMAS bunga tayyorligini aytdi – JP

Olam

image

Bugun, 28 oktyabr kuni erta tongda HAMAS o‘z kuchlari Isroil qo‘shinlar bilan to‘qnash kelganini ma’lum qildi va Isroilning quruqlikdagi har qanday bosqiniga qarshi turishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda “The Jerusalem Post” xabar berdi.

Aytilishicha, G‘azo shimolidagi Bayt Xanun shahri va Bureyj qochqinlar lageri yaqinida SAXAL va HAMAS askarlari o‘rtasida janglar bo‘lgan.

Falastin OAVsida esa kecha, 27 oktyabr kuni kechki payt Isroil tanklari G‘azo sektorida pozitsiyalarni egallagani haqida xabar tarqalgan. Taxminan bir vaqtning o‘zida Isroil harbiy-havo kuchlari G‘azo sektori shimolidagi HAMAS nishonlariga zarba berishni boshlagan. 

Bundan tashqari, Isroil vaqti bilan ertalab soat 2 ga yaqin G‘azo shimoli bilan chegaradosh Netiv Haasarda raketa sirenalari yangragan.

Ma’lumot uchun, G‘azo sektoridagi asosiy internet provayderi NetStream o‘z xizmatlarini ko‘rsatishni to‘xtatganidan beri G‘azo kechadan beri internet uzilishiga duch kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing