Isroil qochqinlar lageriga zarba berdi
Olam
−
19 Oktabr 2023
9763Isroil harbiylari G‘arbiy Sohildagi falastinlik qochqinlarning Nur Shams lageriga zarba berdi. Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
"Isroil mudofaa kuchlariga tegishli samolyot Nur Shams lagerida quruqlikdagi harbiy xizmatchilar xavfsizligiga tahdid solayotgan qurolli terrorchilarga hujum qildi. Hujum oqibatida bir necha terrorchi yo‘q qilindi", deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 oktyabr kuni tunda G‘azo sektoridagi Al-Ahli shifoxonasiga hujum qilinishi oqibatida 800 kishi halok bo‘lgandi. Isroil tomoni shifoxonaga hujum uchun javobgarlikni “Islomiy jihod” terroristik tashkilotiga yukladi. Falastin milliy ma’muriyati raketa hujumida Isroil aybdor ekanligiga shubha qilmasligini bildirdi va Gaagadagi Xalqaro jinoiy suddan buni tergov qilishni so‘radi.